Polsha Respublikasi Seymi deputati - Polsha Respublikasi Bog‘bonlar uyushmasi Prezidenti Miroslav Malishevskiy bilan uchrashuv o'tkazildi

22.02.2022

#Xalqaro_hamkorlik

Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o'rinbosari Baxodir Umurzakov hamda vazirlik vakillari Polsha Respublikasi Seymi deputati - Polsha Respublikasi Bog‘bonlar uyushmasi Prezidenti Miroslav Malishevskiy, Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi R.Gruk bilan uchrashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda vaqtinchalik qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Polsha Respublikasiga jo‘natish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent shahri va viloyatlardagi “Ishga marhamat” Monomarkazlari faoliyati bilan tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik Memorandumi loyihasini ishlab chiqishga kelishdilar.