Peshko‘ tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori jarimaga tortildi

19.06.2020

Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida joylashgan  Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. 

O‘rganish davomida, 2020 yil 17 iyun kuni Peshko‘ tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori topshirig‘iga asosan telegramm-guruhini yuritishga mas’ul bo‘lgan xodim tomonidan murabbiylarga 2020 yil 18 iyun kuni maktabga soat 08:00 ga shanbalikka yetib kelishlari bildirilgan.

Mazkur xabarga asosan, maktabning 43 nafar sport murabbiylari 2020 yil 18 iyun kuni  obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligi aniqlandi. Shu sababli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra 11 mln 150 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

1 (34)