Paxtachi tumanidagi kooperativda turli xil sabzavotlar hamda dukkakli ekinlar yetishtirilmoqda

26.05.2021

🔰Avval xabar berganimizdek, 2021 yil 30-martda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 45 nafar a'zodan iborat "SAYFIYEV UMID QOYDINOVICH" ishlab chiqarish kooperativi ishga tushirilgan edi. Hozirda ajratilgan yerdan unumli foydalanish maqsadida mevali daraxtlar orasida turli xil sabzavotlar hamda dukkakli ekinlar yetishtirilmoqda.

Ma'lumot o'rnida keltirish joizki, meva va sabzavot yo'nalishdagi mazkur kooperativ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ajratilgan subsidiya evaziga tashkil etilgan.