"Pandemiya girdobidan munosib mehnat sari: bandlik xizmatlari uchun yangi sinovlar va imkoniyatlar"
Joriy yilning 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" loyihasi doirasida mehnat tizimidagi mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida "Pandemiya girdobidan munosib mehnat sari: bandlik xizmatlari uchun yangi sinovlar va imkoniyatlar" mavzusida amaliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Respublika miqyosidagi vazirlik tizim tashkilotlaridan kelgan 70 nafar xodimlarga bandlik munosabatlariga oid zamonaviy bilimlarni o‘rganish, sohaning mohir mutaxassislaridan mahorat darslarini o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Suratlarda ushbu seminarning 1-treninggi.
Seminarning ikkinchi qismi spiker- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov bilan davom etdi.
Mavzu: "Mehnat organlarini rivojlantirish strategiyasi 2030".
Unda ishtirokchilar "Aholi bandligiga ko‘maklashish siyosati aktiv dasturlari portfeli" bilan tanishtirildi. Shuningdek, ishsizlik nafaqasi, stipendiyalar, subsidiya va grantlar, davlat buyurtmasi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat kvotalari haqida keng tushuntirish berilmoqda.