“Oʻzbekistonda yoshlar bandligi: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida taqdimot oʻtkazildi

12.11.2021

Unda vazir Nozim Xusanov, vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlashdagi muammolar va imkoniyatlar tahlil qilingan yangi hisobotning xulosa va tavsiyalari taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yigit-qizlarning bandligiga ko’maklashish borasida olib borilayotgan ishlar hamda hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.