O'zbekistonda odam savdosining oldini olishda salohiyatni oshirish" loyihasi bo'yicha taqdimot o’tkazildi

19.08.2021

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda odam savdosining oldini olishda salohiyatni oshirish" loyihasi bo'yicha videokonferensaloqa shaklida taqdimot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi faoliyatini o'rganish rejasi taqdim etildi.

Mazkur loyiha tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi, xususan, odam savdosiga qarshi kurashish va bu yo'nalishda profilaktika choralarini qo'llashda kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan.

Uchrashuv davomida vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatini tahlil qilishga, shuningdek tahlil yakunida Agentlikning majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan tavsiya va amaliy choralar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog'liq masalalarda yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.