O‘zbekistonda ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 3 - 5 yanvar kunlari «Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Alisher Elmurodov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash mexanizmlarini joriy etish sohasidagi "WorldSkills Russia" tajribasini o‘rganish edi.
Tashrif davomida VSR bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda "WorldSkills Russia" tajribasini O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimiga joriy qilish, shuningdek O‘zbekistonda WorldSkills ekspertlar uyushmasini shakllantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar, professional kadrlar malakasini baholash bo‘yicha pilot loyihani tayyorlash, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Skills pasportini berish to‘g‘risida ham kelishib oldilar.
"WorldSkills Russia"ning bir qator "Дом русской косметики", shuningdek "Элфорт", " IEK", "1C" kabi hamkorlari bilan uchrashuvlar natijasida ekspertlar uyushmasini shakllantirish, kasbiy o‘quv markazlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qisqa muddatli kasbiy ta'lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.