“O‘zbekistonda bandlikka ko‘maklashish uchun kasbiy ta’lim” loyihasini tayyorlash doirasida seminar-trening tashkil etildi

02.02.2022

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi KfW Germaniya taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda bandlikka ko‘maklashish uchun kasbiy ta’lim” loyihasini tayyorlash doirasida seminar-trening tashkil etdi.

Xalqaro uchrashuvda Germaniya tomoniga O‘zbekiston mehnat bozoridagi tendensiyalar, muammolar va istiqbollar, jumladan, kasb-hunar ta’limi va fuqarolarning bandligini qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, hamkorlar loyihani tayyorlash va amalga oshirish bosqichlariga oid masalalarni muhokama qilishdi.

Tadbir yakunida kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, dual ta’lim tamoyillari milliy tizimiga integratsiyalashuv, shuningdek, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblar bo‘yicha umrbod ta’lim olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, Sanoat 4.0, AKT, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, innovatsion va klassik qurilish texnologiyalari, turizm va mehmondo‘stlik.