“O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi benefitsiari: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida seminar tashkil etildi
24.06.2021
Bugun poytaxtimizning InterContinental mehmonxonasida “O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi benefitsiari: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok etdi va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mehnat sohasidagi islohotlar, xalqaro mehnat standartlarini joriy qilish, normativ bazani mustahkamlash hamda bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.