O‘zbekiston va Tojikiston: Navbatdagi xalqaro uchrashuv

14.02.2022

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining Iqtisodiy va savdo hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 8-majlisidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish anglashuv memorandumi asosida Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Rahmonzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tashrifdan maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun bandlik xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish, ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan kasbiy o‘quv kurslarini tashkil etish, kasb-hunarga o‘qitish borasida o‘zaro tajriba almashish mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.