O‘ZBEKISTON – ROSSIYA: HUKUMATLARARO KOMISSIYA DOIRASIDA KICHIK QO‘MITANING 13-YIGʻILISHIDA QANDAY MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI?

31.01.2024

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlaro komissiya doirasida kichik qo‘mitaning 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev rahbarligida vazirlik va idoralar vakillari hamda  Rossiyaning Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish va tajriba almashish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarini munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, hayoti va sog‘lig‘ini asrash, huquqlarini muhofaza qilish hamda bu borada  ishonchli mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarimida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi "KOICA" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.