O'zbekiston Respublikasining 2021-2025 yillarga mo'ljallangan yangi munosib mehnat mamlakat dasturini imzolash marosimi o'tkazildi
O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasining 2021-2025 yillarga mo'ljallangan yangi munosib mehnat mamlakat dasturini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori yordamchisi Xaynts Koller, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, O'zbekiston kasaba uyushmasi raisi Qudratilla Rafikov, O'zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi Ilhom Xaydarov va BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Yu Yu ishtirok etdi.