O'zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi kasb-hunar ta'limi muassasalari o'rtasida memorandum imzolandi
Toshkent shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida O'zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi kasb-hunar ta'limi muassasalari o'rtasida ikki tomonlama sheriklik aloqalarini o'rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda O'zbekiston tomonidan vazirning birinchi o’rinbosari Erkin Muxitdinov, Tatariston tomonidan Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi direktori Yuriy Bagrov, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari Damira Ramazanova ishtirok etdi.
Tadbir davomida vazirlikning mehnat bozorida amalga oshirayotgan ishlari, shu jumladan IT-sanoatida talab qilinadigan kasblarga o'rgatish imkoniyatlari taqdim etildi.
Shuningdek, tomonlar kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi filialining O’zbekistonda ochilishi haqida fikr almashdilar.
Tadbir so’ngida "Xalqaro kompetentsiya markazi - Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi" davlat avtonom professional ta'lim muassasasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi hamda O'zbekistondagi kompyuter texnikasi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun dasturlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga mo'ljallangan rus texnik maktabini yaratish bo'yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.