O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Azerbayev Quanishbay Koshkinbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.

11.03.2024

Mazkur tayinlovga qadar Q.Azerbayev Qorao‘zak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.