Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari Ahmet Aydin bilan uchrashdi.

Unda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, huquqlarini himoya qilish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonda endi yoʻlga qoʻyilayotgan tibbiy sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish, bu borada Turkiya tajribasini oʻrganish masalalari muhokama qilindi.
Tashrifning ikkinchi kunida hokim yordamchilari uchun Turkiyada oʻquv-amaliy kurslar tashkil etish rejasi koʻrib chiqildi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Turkiyaning hamkorlik va koordinatsiya agentligi tashkil etgan maxsus oʻquv-kurslarida ishtirok etdi.
Maʻlumot uchun: Turkiyaning Kichik va oʻrta tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tashkiloti (KOSGEB) hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi oʻrtasida 2023-yil may oyida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.