O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING MASLAHATCHISI M.XAYRIDDINOV HAMDA BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRINING BIRINCHI O‘RINBOSARI E.MUHITDINOV NAVOIY VILOYATIDAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

10.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov Navoiy viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, mazkur markazdagi qurilish ishlarini jadallashtirish, o‘quv xonalarini optimallashtirish, fuqarolarga qulay sharoit yaratish va boshqa masalalarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari Navoiy shahar “Kovorking” kasb-hunarga o‘qitish markazidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishildi va kerakli maslahatlar berildi.

Ushbu markazda band bo‘lmagan fuqarolarga:

Elektrik;

Payvandlash ishi;

Kompyuter savodxonligi;

Tikuvchilik;

Buxgalteriya

Tadbirkorlik va Rus tili  yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim berilmoqda.