O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

15.01.2021

Videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda vazirlikning markaziy ijro apparati, hududiy bosh boshqarmalari hamda shahar va tumanlardagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda Toshkent Davlat yuridik universiteti professori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi F.Muhitdinova ishtirok etib, Murojaatnomaning asosiy mazmuni-mohiyati va undagi yoshlarga bo‘lgan alohida e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, yoshlarning o‘qishi, intilishlari, bandligiga ko‘maklashish masalalari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.