O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGIDA MA’NAVIY-MARIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

30.10.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Vazir o‘rinbosari B.Umurzakov, Vazir maslahatchisi G.Isakova, vazirlikning markaziy apparat, hududiy bosh boshqarmalari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘zbek tili nufuzini mustahkamlash, vazirlik faoliyatida davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari vazirlikda yangi tashkil etilgan Komplayens shoʻbasining maqsad va vazifalari hamda davriy nashrlarda chop etilgan maqolalarga munosabat bildirish masalalari ko‘rib chiqildi.