O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Call-markaz”ni qayta tashkil etish bo‘yicha tanlovda ishtirok eting!

21.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Call-markaz”ni qayta tashkil etish bo‘yicha tanlovda ishtirok eting!

Tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining ““https://etender.uzex.uz/lots/1/0”” portalida “Eng yaxshi takliflarni tanlab olish” orqali tadbirkorlar o‘rtasida tanlovni e‘lon qiladi.

  1. Tanlovning umumiy tavsifi:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini samarali va sifatli ko‘rib chiqish, 24/7 davomida qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchi ishonch telefonlarini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarni vazirlik xodimlari bilan telefon orqali bog‘lash.

  1. Tanlov tashkilotchisining nomi va manzili:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Toshkent shahar, Mirobod ko‘chasi, 15-uy.

III. Tanlov uchun ajratilgan mablag‘ miqdori va uni moliyalashtirish manbai:

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 350 000 000,00 so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.

  1. Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy shartlar:
  2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini samarali va sifatli ko‘rib chiqish, 24/7 davomida qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchi ishonch telefonlarini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarni vazirlik xodimlari bilan telefon orqali bog‘lash.
  3. O‘zbekiston bozorida IT-texnologiyalar, IT xizmatlarini ko‘rsatish, call-markaz xizmatlari yoki marketing sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi bo‘lishi.
  4. Tanlovda ishtirok etuvchi tashkilot xaqida umumiy maʼlumot, Ishtirokchining bankidan kartateka yuqligi xaqida maʼlumot, Soliq organlarida soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida tasdiqlangan maʼlumot, Muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligi bo‘lmasligi kerek.
  5. Call-markaz xizmatlarini 24/7 kun davomida taqdim etish. Fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga vazirlik masalalari bo‘yicha nizomga muvofiq maslahatlar berish. vazirliklar va quyi tashkilotlar xodimlari bilan aloqa o‘rnatish. Ofis xizmatlari. Ishonch telefoni orqali murojaat va shikoyatlarni qabul qilish.
  6. Call-markazga kelib tushgan murojaatlar holati to‘g’risidagi oylik ma’lumotlarni (statistika) vazirlikga taqdim qilish .
  7. Qo‘shimcha talablar “etender.uzex.uz” portali orqali olish mumkun.
  8. Loyihaning amalga oshirish muddati:

12 oy davomida.

  1. Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishning manzili,
    oxirgi kuni va vaqti.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar 2022-yil 21-iyun kunidan, 28-iyun kuniga qadar“https://etender.uzex.uz/lots/1/0” portali orqali bo‘lib o‘tadigan tanlovda ishtirok etishlari mumkun.