O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Chilonzor tumanida "Xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish" kollejining bo‘sh turgan qismi ta’mirlandi va zamonaviy shaklda jihozlandi.

17.06.2021

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rahbarligida 2021 yil 26 fevral kuni kengaytirilgan tarzda videoselektor shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan mutasaddilarga bir nechta vazifalar yuklatildi.

Unda ko‘rsatilgan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Chilonzor tumanida "Xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish" kollejining bo‘sh turgan qismi ta’mirlandi va zamonaviy shaklda jihozlandi.

Shuningdek, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turgan fuqarolarni kasbga o‘qitadigan " Meri Poppins" mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z ish faoliyatini boshladi.