O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI TASARRUFIDAGI MEHNAT ORGANLARI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIDA ISHLASHGA O‘ZINI LOYIQ BILGANLAR UCHUN OCHIQ MUSTAQIL TANLOV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik tasarrufidagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida mavjud bo‘lgan vakant lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” https://vacancy.argos.uz da ro‘yxatdan o‘tishlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslaridagi mavjud bo‘sh lavozimlardan birini tanlab so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
E’tibor bering!
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan uchta bo‘sh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Hujjatlarni topshirish bo‘yicha qo‘llanma ilova qilinadi.
Tanlov bosqichlari haqidagi ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy sayti hamda quyidagi telefon orqali bilib olishingiz mumkin.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2020 yil 19 noyabr kuni qadar davom etadi. Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Vazirlik tasarrufidagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari
Xamkorimiz: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
№ |
Lavozim |
Shtat birligi |
Talab etiladigan malaka darajasi |
Ish xaqi |
1. |
Bandlik va inson resurslarini boshqarish kafedra mudiri |
1 |
Oliy ma’lumot (iqtisodchi) Fan nomzodi yoki fan doktori PhD |
Shtat jadvali asosida |
2. |
Bandlik va inson resurslarini boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi |
1 |
Oliy ma’lumot (iqtisodchi) Fan nomzodi yoki fan doktori PhD |
Shtat jadvali asosida
|
3. |
Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish kafedra mudiri |
1 |
Oliy ma’lumot (iqtisodchi) Fan nomzodi yoki fan doktori PhD |
Shtat jadvali asosida
|
4. |
Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish kafedrasi katta o‘qituvchisi |
1 |
Oliy ma’lumot (iqtisodchi) Fan nomzodi yoki fan doktori PhD |
Shtat jadvali asosida |