O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasining Qorag‘anda viloyati tadbirkorlari mintaqaviy palatasi

15.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasining Qorag‘anda viloyati tadbirkorlari mintaqaviy palatasi “Atameken” delegatsiyasi o‘rtasida 2021-yil 15-oktabr kuni “Xorijiy davlat vakillari O‘zbekiston Respublikasining mehnat migratsiyasi, yengil va oziq-ovqat sanoati, savdo sohalarida hamda qurilish materiallarini yetkazib berishda biznes aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, qurilish sohasi bilan tanishish” mavzusida vazirlik binosida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yug'ilishda vazirning birinchi o'rinbosari E.Muxitdinov ishtirok edti.
Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni hududlarda tashkil etilgan “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunarga tayyorlash va xorijiy til kurslariga o‘qitish tizimi yoritilib, O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘iston Respublikasiga tashkillashtirilgan tartibda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish sohasida hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, Qozog‘iston Respublikasining Qorag‘anda viloyati tadbirkorlari mintaqaviy palatasi “Atameken” delegatsiyasi vakillari yuqorida aytib o‘tilgan maʼlumotlarga o‘z fikrlarini bildirib Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan ikki tomonlama memorandum imzolashga tayyor ekanligini maʼlum qilishdi.