O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

18.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) imtiyozli krediti hisobidan «Zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni rivojlantirish» loyihasini amalga oshirmoqda. Bugun vazirlikda ushbu loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish borasida videokonferensiya tashkil etildi
Unda vazir Nozim Husanov, Osiyo taraqqiyot bankining bo‘lim va bo‘linmalari vakillari ishtirok yetdi.
Loyihaning maqsadi mehnat bozori va kasb-hunar ta’limi tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlarni kasbga tayyorlash sifatini oshirish, kasb-hunar ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.