O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI NOZIM XUSANOV SAMARQAND SHAXRIDAGI “SAMARQANDMRAMOR” AJ", "O‘ZQISHLOQELEKTRQURILISH" AJ VA "SAMARQANDDONMAHSULOTLARI" AJ RAHBARIYATI BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrda qabul qilingan "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shaxridagi “Samarqandmramor” AJ, "O‘zqishloqelektrqurilish" AJ va "Samarqanddonmahsulotlari" AJ rahbariyati bilan uchrashdi.
Korxona qurilish va pardozlash uchun tosh, oxaqtosh, gips, bur va slaneslar qazib olishga ihtisoslashgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ma’muriyati vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatlari chog‘ida korxonalarning isloh qilish masalalari hususidagi fikrlarini bildirdi.