O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Samarqand shahar "Bog‘i Feruza" MFY Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi” binosining qurilish ishlari bilan tanishdi
31.10.2020
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Samarqand shahar "Bog‘i Feruza" MFY Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi” binosining qurilish ishlari bilan tanishdi. Qurilish ishlari 2021 yilning aprel oyida yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu markazda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan oshxona va yotoqxona, ish beruvchilar bilan suhbat xonalari tashkil qilinadi. Ushbu markaz bir kunda 350-400 nafar odamga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.