O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI NOZIM XUSANOV QASHQADARYo VILOYATIDAGI “KASBI TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI” O‘QUV MARKAZIDA OLIB BORILAYoTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Maymanoq shaharchasi”da joylashgan “Kasbi tuman 1-son kasb-hunar maktabi”da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Hozirgi kunda bu yerda 266 nafar o‘quvchi:
- neft va gaz maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash operatori;
- avtomobillarni ta’mirlash chilangari;
- payvandlovchi;
- elektrik;- tikuvchi va axborotlarni qayta ishlash ustasi sohalarida ta’lim olmoqda.
Kelgusida ushbu muassasani tashqi boshqaruvga berish orqali ishsiz va band bo‘lmagan aholi, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qisqa muddat mobaynida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirildi.
O‘quv kurslarida:
👨🍳 Oshpaz-qandolatchi
💇♀️ Ayollar sartaroshi+manikyur+pedikyur
💇♂️ Erkaklar sartaroshi
👨🔧 Alyumin va plastmassa ustasi
👨🔧 Mebel ustasi
👨💻 Kompyuter savodxonligi
shuningdek, agrobiznes va agrotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha:
- Baliqchilik
- Parrandachilik
- Chorvachilik
- Asalarichilik
kasb-hunarlariga o‘quvchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
WorldSkills va boshqa xalqaro standartlar darajasida kasbiy malaka sertifikati olgan bitiruvchilarning malakani baholash xarajatlari qoplab beriladi;
o‘z faoliyatini boshlash uchun imtiyozli shartlarda mikrokreditlar ajratiladi;
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish, kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi dastlabki uch oy mobaynida ijaraga olingan bino va inshootning ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;
O‘zini o‘zi band qilish hamda tashkiliy mehnat migrasiyasi yo‘li bilan xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashiladi.