O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI NOZIM XUSANOV QARSHI SHAHAR KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI BINOSIDA OLIB BORILAYOTGAN REKONSTRUKSIYA ISHLARI BILAN TANISHDI

23.10.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan ushbu muassasa negizida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etiladi.

Ushbu markazda:

* Oshpaz-qandolatchi

* Elektrik ustasi

* Tikuvchilik ustasi

* Ayollar sartaroshi+vizajist

* Erkaklar sartaroshi

* 1S buxgalteriya

* Avtomobil ta’mirlash ustasi

* Rus tili

* Ingliz tili

* Koreys tili
kasb-hunar yo‘nalishlarida 2000 nafarga yaqin fuqarolarni qamrab olish imkoniyati bo‘ladi.

Bundan tashqari 2021 yilda 1700 nafar xorijiy mamlakatlarga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga rus tilini o‘rgatish va kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi viloyat mintaqaviy filiali bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.