O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya poytaxti Tokio shahriga yetib kelishdi.

14.10.2022
 
 
Yaponiya. Tokio. 14.10.2022 12:20 (Tokio vaqti bilan)
 
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan ikki tomonlama manfaatli uchrashuvlar o'tkazish uchun Yaponiya poytaxti Tokio shahriga yetib kelishdi. Ayni damda «SHIMIZU CORPORATION» kompaniyasi bilan muzokaralar bo'lib o'tmoqda.
Ma'lumot uchun: Shimizu korporatsiyasi arxitektura, qurilish va bosh pudratchi firma hisoblanadi. Kompaniyaning yillik savdosi taxminan 15 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu tashkilot dunyodagi eng yaxshi yigirmata pudratchilardan biri sifatida keng tan olingan.

 
❇️Tafsilotlarni xabarlarimizda berib boramiz.