O‘zbekiston - Polsha: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

27.10.2023

O‘zbekiston - Polsha: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i J.Xidayxodjayev Polshaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi R.Gruk va O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Agzamxodjayev o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Agentlik faoliyati, xususan, fuqarolarni xorijiy davlatlarga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi, ketisholdi tayyorlash tadbirlari kabilar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, muzokara davomida ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, O‘zbekiston fuqarolari uchun Polsha ishchi vizasini rasmiylashtirish jarayonlari hamda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasiga fuqarolarni ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.