O‘ZBEKISTON MAJBURIY MEHNATNI KRIMINALIZASIYALASH TO‘GʻRISIDAGI YANGI QONUNLARNI HAYOTGA TATBIQ ETISHDA DAVOM ETMOQDA

08.10.2020

XMTning Uchinchi tomon monitoringi loyihasi sudyalar, prokurorlar, advokatlar va mehnat inspektorlari uchun majburiy mehnat qonunchiligini samarali ijro etish bo‘yicha yangi o‘quv-mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish taraddudida.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan majburiy mehnatga oid me’yoriy-huquqiy asoslar yangilanib, modernizasiya qilib borilmoqda. Islohotlar majburiy mehnat amaliyoti xavfini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga qonunbuzarlarni yanada samarali jazolashga imkon yaratadi. So‘nggi chora-tadbirlar qatoriga 2019 yil sentyabr oyida majburiy mehnatga tortishga qarshi talablarni buzganlik uchun jarimalarning o‘n baravar oshirilganligi hamda 2020 yil yanvar oyidan e’tiboran bolalar mehnati va majburiy mehnatdan takroran foydalanish amaliyotining kriminallishtirish kabi chora-tadbirlarni kiritish mumkin.

Biroq, takomillashtirilgan qonunchilikning mavjudligi ularning o‘z-o‘zidan amalga oshirilishini kafolatlamaydi. So‘nggi qabul qilingan qonunlardan biri, boshqalari qatori, yangi qonunchilikni va uni qo‘llash uchun institusional imkoniyatlarni anglab yetishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, 6-8 oktyabrda Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) Uchinchi tomon monitoringi loyihasi tomonidan sudyalar, prokurorlar, advokatlar va mehnat inspektorlari uchun majburiy mehnat qonunchiligini amaliy qo‘llash bo‘yicha bir qator veb-seminarlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur tadbirlar, xususan, Sudyalar oliy maktabi, Bosh prokuratura akademiyasi, Mehnat inspeksiyasi va Adliya vazirligi huzuridagi Advokatlarni tayyorlash markazining vakillarining salohiyatini oshirishga qaratilgan. Veb-seminarlar Majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha Milliy komissiyaning Harakatlar rejasi doirasida tashkil etiladi. Mazkur tadbirlardan so‘ng, butun mamlakat bo‘ylab joylardagi sudyalar, prokurorlar, advokatlar va mehnat inspektorlari uchun axborot sessiyalari o‘tkaziladi.

Yuqorida keltirilgan salohiyatni oshirish tadbirlari o‘tmishda majburiy mehnatdan foydalanilgangan hozirgi kundagi paxta yig‘im-terimi sharoitda muhim ahamiyatga egadir. XMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, 2019 yilgi yig‘im-terim davrida tizimli ravishda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilmagan bo‘lsa-da, ammo terimchilarning umumiy sonidan taxminan 102 ming kishiga nisbatan (5,9 foiz) majburlashning biron bir shakli qo‘llanilgan. Bu raqam avvalgi yilga nisbatan 40 foizga kamaygan. Xuddi shu hisobotda Mehnat inspeksiyasi 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi davrida 1282 majburiy mehnat holati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazganligi va 259 ta davlat rasmiylarini, tashkilot rahbarlari va boshqaruvchilarini asosan jarima solish yo‘li bilan jazolaganligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu tashabbus XMT DWT / CO - Moskva va XMT va Jahon banki hamda uchinchi tomon monitoring loyihasi tomonidan amalga oshirilib, Yevropa Ittifoqi, Shveysariya, Qo‘shma Shtatlar va Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tomonidan moliyalashtiriladi.