O'zbekiston Axborot agentligi: Vazirlik tomonidan press-tur tashkil etildi

24.09.2021

Xalqimizda «Bolaning begonasi bo‘lmaydi» degan gap bejizga aytilmagan. Jannatmakon yurtimizda o‘sib kelayotgan har bir ertangi kun egalari e’tiborda. Xususan, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar egallashi va muqim ish joyiga ega bo‘lishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu bo‘yicha turli xil mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Poytaxtimizdagi 23-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligida  Yashnobod tumanida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkaziga press-tur tashkil etildi. Ular maishiy texnikalar ishlab chiqarish, ko‘p qavatli uylar va ofislar uchun lift ishlab chiqarish korxonalarida hamda  texnopark hududida faoliyat yuritayotgan 18 ta korxonada hozirgi kundagi mavjud bo‘lgan 1 200 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan tanishtirildi.

Batafsil ➡️ https://uza.uz/oz/posts/mehribonlik-uyi-bitiruvchilari-uchun-monomarkazga-press-tur-uyushtirildi_304758