O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatda kambagʻallik darajasini keskin qisqartirish masalasi.

14.09.2023
O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatda kambagʻallik darajasini keskin qisqartirish masalasi.
 
2023-yilning so'nggiga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xitoylik mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqadi. 
 
2026-yilga qadar kambagʻallikni 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartiriladi.
 
Kambagʻallikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshiriladi.
 
Mehnat qobiliyatini ishga solish orqali 3 million nafar yoshlarni kambagʻallikdan chiqariladi.
 
Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash va bunga har yili kamida 1 milliard dollar yoʻnaltiriladi.
 
 Har bir viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan bittadan jami 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
 
Tanlab olingan 14 ta tumanni Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil” texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish usullari amaliyotga joriy etiladi.
 
 Yangi moliyaviy  instrumentlar joriy etish orqali kambag‘al aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilib, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimi takomillashtiriladi.
 
 Ehtiyojmand aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qo‘llab-quvvatlash maqsadida raqamli “Mikromoliya” tashkiloti tashkil etiladi.