“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI BO‘YICHA VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
25.10.2023
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI BO‘YICHA VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, Vazirlikning boshqarma, bo‘lim boshliqlari, tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari hamda o‘rinbosarlari, shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari qatnashdi.
Vazir o‘rinbosari R.Turdiboyeva rahbarligida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Aytish joizki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida Vazirlik tizimiga jami 37 ta bandda topshiriqlar belgilangan bo‘lib, shundan 26 ta bandda asosiy ijrochi sifatida, 11 ta bandda hamijrochi sifatida vazifalar berilgan. 16 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, 21 ta amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni ijroga qaratish belgilangan. Joriy yil yakuniga qadar 31 ta topshiriq (12 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish) nazarda tutilgan.
Yig‘ilishda mazkur vazifalar ijrosi bo‘yicha ayrim yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishilayotgan bo‘lsada, ayrim yo‘nalishlarda samaradorlik ko‘rsatgichlari pastligi aytildi.
Barcha darajadagi rahbar xodimlarga kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xotin-qizlar muammolarini hal etish borasidagi ishlarni jadallashtirish, faoliyatini qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi.