Mehnat muhojirlari e'tiborda
Butun yer yuzini qamrab olgan pandemiya dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining barcha sohalari qatori mehnat migratsiyasiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda millionlab muhojirlar o‘zga yurtlarda bu sharoitga moslashishga majbur bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlikning xorijdagi vakolatxonalari mutassadilari mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muammoga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu maqsadda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiko‘magida joriy yilning 5 mayidan #YordamBOR (#PomoщeST!) hyeshtegi ostida mehnat muhojirlariga issiq ovqat yetkazib berish ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur xayriya tadbirlari tashabbuskorlari David Yakobashvili va Yan Yanovskiydir.
Novikov maktabi – zamonaviy oshpazlik maktablaridan biri. U Moskva markazidagi restoranlarni boshqarish maktabi, mamlakatdagi eng katta gastronomik ta'lim loyihasi bo‘lib, yurtdoshlarimizni o‘zining taomlari bilan quvontiradi.
Maktab tomonidan tashkil etilagan xayriya tadbirlari davomida Rossiya Federatsiyasi tomonidan joriy qilingan izolyasiya choralari tufayli mehnat ta'tilida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashayotgan muhojir-ishchilarga navbat bilan bir hafta davomida pishirilgan ovqat tarqatiladi. Tadbirning birinchi bosqichida kuniga 250, navbatdagi bosqichda esa 1000 kishiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Ularning soni loyiha tashabbuskorlarining texnik va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Keng qamrovli tushlikning kaloriya va ozuqaviy qiymatiga alohida e'tibor beriladi.
“Har qanday jamiyatning asosiy ahamiyati inklyuziya va agar biror kishi Rossiya Federatsiyasining fuqaroligi yoki yashash huquqiga ega bo‘lmasa, bu bizning jamiyatimiz a'zosi emasligini anglatmaydi va biz unga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak,” – deya ta'kidlaydi Yan Yanovskiy.