O‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aravachada yuk tashishga ruxsat etilmaydi.

21.09.2023

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aravachada yuk tashishga ruxsat etilmaydi.

16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi quyidagicha:

- o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kg;

-qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

Shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

 Bundan tashqari, 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi