Oltiariq va Rishton tumanlarida sohada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

29.05.2020

Joriy yilning 27–28 may kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Rishton tumanlarida aholining bandligini va daromadlarini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Ayni karatin va cheklovlar sharoitida vaqtincha ishsiz aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda vazirlik huzuridagi jamg‘armalar mablag‘i hisobidan ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etishni yana ham kengaytirish, yangi ish o‘rni yaratish va pirovardida aholi bandligini oshirish masalalari ham kun tartibida bo‘ldi.

Oltiariq tumanida "Chimyon agrologistika" ishlab chiqarish kooperativini tashkil etish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 111,5 mln. so‘m ajratilib, ayni kunda 50 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlangan, shuningdek, bu kooperativ tarkibida issiqxona ham qurilgan.

Риштон 3 

Риштон

Bundan tashqari, tumanda “Damir Oltiariq Agro Invest” ishlab chiqarish koorperativi ham aholi bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalariga ega bo‘lishida xizmat qilmoqda. Rishton tumanida esa "S+Garon" MChJdagi kulolchilik kompleksida 50 nafar xodim ishlaydi.

Риштон 1 

Риштон 2 

Vazir bu yerlarda bo‘lib, mavjud mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Ishni tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiflar berdi.

Qayd etish joizki, Oltiariq va Rishton tumanlarida aholi bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashishda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 677,7 mln. so‘m subsidiya ajratilib, 275 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlangan. O‘z tomorqasidan samarali foydalanishlari uchun 210 ta kam ta’minlangan oilalarga issiqxonalar qurib berilgan va bugungi kunda aholi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirib o‘zlarining daromad manbalariga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, tumanda tashkil etilgan 3 ta qishloq xo‘jaligi kooperativiga 334,5 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilgan va 150 nafar fuqaro kooperativlarga a’zo sifatida kiritilib bandligi ta’minlangan. Yanvar–may oyi davomida 3201 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan. Shuningdek, tumanda 58 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar, band qilingan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan.