Olmazor tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

22.12.2021

Olmazor tumanidagi “Toshkent shahar yoshlar markazi” binosida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

➡️ Tadbirda:

- Ish beruvchi korxona va tashkilotlar - 198 ta;
- Bo‘sh ish o‘rinlari - 3 mingdan ortiq;
- Fuqarolar va ish beruvchilar o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomalari - 12 ta;
- Ishga joylashtirish bo‘yicha yo'llanmalar - 131 ta;
- Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyolarlash, qayta tayyorlash uchun berilgan yo‘llanmalar - 53 ta.