Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida mamlakatda aholi bandligiga oid masalalar ko‘rib chiqilmoqda

07.08.2020

Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida mamlakatda aholi bandligiga oid davlat siyosatining samaradorligini ko‘rsatuvchi omil – bu statistika ekanligi, demak aynan statistika mehnat bozorini kuzatish, tahlil va prognoz qilish imkonini berishi aytib o‘tildi. 

 photo_2020-08-07_15-48-05 (2) — копия

Mehnat statistikasi milliy tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozimligi ta’kidlandi. 

 photo_2020-08-07_15-48-05 — копия

Shuningdek, mehnat bozorida zamonaviy infratuzilma va institusional muhitni yaratish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shaxslarning tadbirkorlik tashabbuslari va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Shu bois ham Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Mehnat statistikasi to‘g‘risida”gi 160-sonli Konvensiyasini ratifikasiya qilish choralarini ko‘rib chiqishga urg‘u berildi.