Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

10.12.2021

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda qonun loyihalarining muhokamasi boshlandi, jarayonda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov va mutasaddi hodimlar ishtirok etmoqda.
Deputatlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikasiya qilish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqdalar.

Xalqaro mehnat tashkilotining 167-sonli Konvensiyaning maqsadi – qurilish sohasida xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga o‘qitilishi va bilimlari tekshirilishi hamda binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish chog‘ida, shunigndek ishlab chiqarishda xomashyo va materiallarni qo‘llash, ishlar bajarish chog‘ida xavfsizligini ta’minlashga qaratiligan.

Oliy Majlis Qoninchilik Palatasi deputatlari tomonidan Qonun loyihasi uchinchi oqishda ma'qullandi.