Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama etildi

15.02.2022

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama etildi. Unda vazir Nozim Xusanov ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlari qonun darajasida mustahkamlanadi, xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi. Shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish va chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida jalb qilish tartibi yagona qonunda tizimlashtirilgan holda jamlanadi.