Ogoh.uz: Paxta-2021: «Budjetnik»lar o‘z ishlarida

18.09.2021

#OAV_biz_haqimizda

Kecha, joriy yilning 17 sentyabrida Bandlik va mehnat munosabatlari» vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod hamda Boyovut tumanlariga press-tur tashkil etildi.

Avval OAV vakillari Sayxunobod tumanida joylashgan «Qahramon-Zilola» fermer xo‘jaligida bo‘ldilar. Ushbu fermer xo‘jaligida respublika bo‘ylab kelgan hasharchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ularning o‘zlari bilan suhbat qurishdi.

— Asli o‘zim Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidanman, — deydi 65 yoshni qarshilagan Rahima aya. — Umrim paxta ichida o‘tdi, 9 yoshimdan beri paxta teraman. Men paxta mehnatini yaxshi ko‘raman. Ko‘pchilikka qiyin tuyilgan bu mehnat shuncha yil davomida bizning rizqimiz bo‘lib keldi.

Batafsil ➡️ https://ogoh.uz/uz/21249/