«Odam savdosi va Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari» o‘quv-seminari

06.05.2020

Bugun Samarqand viloyatida “Odam savdosi va Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari” mavzuida videokonferensaloqa shaklida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov hamda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqand viloyati, shahar va tuman hududiy komissiya a'zolari ishtirok etdi.

Shuningdek, seminarda Xalqaro mehnat tashkilotining vakili O.Lipkanu hamda komissiya mas'ul kotibi G.Niyazmetovalar qatnashdi.

Seminarda vazir o‘rinbosari odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi faoliyati to‘g‘risida, shu bilan birga hududiy komissiyalar faoliyatini tashkil etishdagi zarur ko‘nikmalarni aytib o‘tdi.

O‘quv seminardan asosiy maqsad – Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalarining faoliyatini takomillashtirish hamda hududiy komissiya tarkibiy a'zolarining bilim va saviya ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.

photo_2020-05-06_23-57-15

Uchrashuvda shuningdek majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ish beruvchilar tomonidan xodimlarni majburiy tarzda obodonlashtirish, qurilish va boshqa sohalardagi mehnatga jalb qilinishining oldini olish choralarini ko‘rish, shu bilan birga targ‘ibot ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi.

photo_2020-05-06_23-57-13

Mazkur o‘quv seminari savol-javob tarzida muhokamalarga boy bo‘lib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.