“Obod xonadon - “Obod ko‘cha” - “Obod mahalla” mezonlari doirasida Farg‘ona viloyatining Quva, Qo'shtepa, Rishton hamda Furqat tumanlaridagi 4 ta mahalla tanlab olinib, dastlabki ishlar boshlandi.

13.09.2023

“Obod xonadon - “Obod ko‘cha” - “Obod mahalla” mezonlari doirasida Farg‘ona viloyatining Quva, Qo'shtepa, Rishton hamda Furqat tumanlaridagi 4 ta mahalla tanlab olinib, ishchi guruhlar tomonidan mahallalarning ichki yo'llarini asfaltlashtirish va xatlov jarayonlari bo'yicha dastlabki ishlar boshlandi.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari mahalla faollari bilan uchrashib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar bo'yicha zarur ko'rsatmalar berdi.

 Shuningdek, Quva tumani "Qoraqum" MFY da aholi muammolarini o'rganish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish, ijtimoiy soha obyektlari holatini o‘rganish bo‘yicha ham tizimli ishlar yo'lga qo'yildi