“Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan ishlar
22.09.2023
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati hamkorligida Toshkent viloyatida “Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan ishlarni yoritish yuzasidan Press-tur tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan OAV vakillari Quyi Chirchiq tumanining “Ko‘ksaroy“, Oqqo‘rg‘on tumaning Boyg‘uli mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari Mehnat yarmarkasi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.