“Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilindi” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat
18.03.2022
Kun.uz saytida chiqqan “Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilindi” sarlavhali xabar https://kun.uz/news/2022/03/16/nukusda-hamshiralar-uylarni-oqlash-ishlariga-jalb-qilindi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Natijada Nukus shahar 6-sonli oilaviy poliklinikaning bosh shifokori hamda bosh shifokor o‘rinbosarlariga nisbatan xodimlarni ishdan tashqari mehnatga jalb qilganligi uchun tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llanildi.