Nukus shahrida "Ishga marhamat" monomarkazi ochildi

29.07.2021

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi sobiq Nukus kommunal-xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosining bir qismida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etildi.

Monomarkaz ochilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Oliy  Majlis Senati a’zolari Boriy Alixanov va Neilya Seitovalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida Nozim Xusanov so'zga chiqib, "Bunday markazlarni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz- nafaqat ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitib, sertifikat berish, balki ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kasbni o‘zlashtirgan, yuqori malakali mutaxassis sifatida yetishtirishdir", - deya ta'kidladi.

Mehmonlar uchun Monomarkaz bo'ylab ekskursiya uyushtirildi. 

Ma'lumot o'rnida: mazkur markazda ishsiz, band bo‘lmagan aholini 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 19 ta kasb-hunarga va 3 ta xorijiy tillarda o‘qitish tashkil etildi.

Jumladan, 

  1. Servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha; (9 ta kasb)

- Neyl-stilist; 

- Kosmetolog;

- Ayollar sartaroshi+vizajist;

- Erkaklar sartaroshi;

- Tikuvchi (dizayner+modelyer, bichuvchi, tikuvchi); 

- Keytring xizmati (oshpaz);

- Keytring xizmati (qandolatchi, servis xizmati);

- Uqalovchi (bolalar uchun);

- Batler-ofisiant.

  1. Texnik sohasi bo‘yicha; (5 ta kasb)

- Santexnik;

- Elektrik;

- Maishiy uy ro‘zg‘or elektrotexnik buyumlarni ta’mirlash ustasi;

- Payvandlovchi (elektr, gaz alangasida, yarimavtomat (kempi), argon);

- Yuk ko‘taruvchi kran operatori.

  1. Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha; (2 ta kasb)

- Issiqxona (montaj+texnologiya);

- Gidroponika texnologiyasi.

  1. Umumiy qurilish sohasi bo‘yicha.

- Gipsokartonga ishlov berish;

- Gʻisht teruvchi;

- Suvoqchi va buyoqchi.

  1. Xorijiy tillar bo‘yicha.

- Rus tili;

- Ingliz tili;

- Koreys tili.