Nukus «Ishga marhamat» monomarkazida xotin-qizlar ishtirokida ko‘rgazmali tadbir bo'lib o'tdi

28.08.2021

Nukus shahrida joylashgan «Ishga marhamat» monomarkazida ayol-qizlar ishtirokida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtrokchilari markaz faoliyati, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, markaz mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.