Nozim Xusanov Toshkent viloyatida
15.07.2021
Nozim Xusanov Oqqo‘rg‘on tumani “Xalqobod” MFYda joylashgan “Lepus agro” MChJning faoliyati bilan tanishdi.
“Lepus agro” korxonasida hozirgi kunda 29 nafar ishchi xodimlar bo’lib, korxona Belorussiyadan keltirilgan zotdor quyonlarni ko‘paytirish, go‘sht mahsulotlarini yetishtirish va teri mahsulotlariga ishlov berish bilan shug’ullanadi.
Shuningdek, tuman hokimligida tashkil qilingan “mahallabay” ishlash tizimi shtabi ish jarayoni ham ko’zdan kechirildi.