Nozim Xusanov Qamashi tumanidagi tadbirkor faoliyati bilan tanishdi
03.03.2022
Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Do’stmurod Choriyev rahbarlik qilayotgan xususiy korxonada bo‘ldi. U yerda tadbirkor tomonidan yetishtirilayotgan turli navdagi gul ko‘chatlari bilan tanishdi, ushbu gul ko‘chatlari 723 ta xonadonga kooperatsiya usulida tarqatilib, 2500 dan ziyod fuqaroni ish bilan band qilish imkonini beradi.
Shuningdek "Chim" mahallasidagi xonadonlarda aholi o‘zini-o‘zi band qilish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qilayotgan say-harakatlarini ko‘zdan kechirdi.