Nozim Xusanov ishtirokida Qashqadaryo viloyat hokimligida seminar o‘tkazildi

10.02.2022

Qashqadaryo viloyat hokimligida vazir Nozim Xusanov hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida videokonferens aloqa shaklida seminar o‘tkazildi.

➡️ Unda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida tashkil etilgan "hokim yordamchisi" lavozimi faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, joylarda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.